G`AROYIB SAYOHAT

Ustoz Said Ahmad aka Amerikadan kelgan kuni telefonda aytib bergan
xangoma
- Alyo, o`zingmisan, bolam Vaalaykum assalom, mullo bolgin! "Ziyoratlar qabul",
deysanmiq Murod hosil! Rahmat. Safar qandoq bolardi, zor boldi! "qani bir
eshitaylik", deysanmiq Mayli, sazang olmasin. Ammo-lekin sen yaramasning bir
odating yomon. Mendan zor-zor hikoyalarni eshitib olasan-da, qoshib-chatib
ozingniki qilib yozasan. Bu safar shunaqa qilmasang, hammasini bir boshdan gapirib
beraman.
Aslida-ku, Amerika toqrisida avval ham ancha-muncha narsa oqiganman.
Yoshligimda Achchiq Maxsum degan yozuvchining (senlar uni Maksim Gorkiy
deysan) "Sariq iblis shahri", baqirib she`r oqiydigan Mayakovskiyning "Nima
bizga Amerika", degan asarlarini varaqlaganman. Hatto ozimizdan chiqqan Uzoqov
degan muxbir ham "Amerikasini ham kordik", degan maqola yozgan edi. Shular
Amerikani korganda, nega men bormasligim kerak? Shundoq qilib, biqiniga "Pan-
Amerikan" deb yozib qoyilgan, gardani xokiznikiga oxshab shishib ketgan "Boing"
samolyotiga otirdik.
Ishonsang-ishonmasang, ichi bamisoli metroning ozi! Shifti shunaqangi balandki,
Sabonis degan naynov basketbolchi bemalol basketbol oynasa bolaveradi!
Shunaqangi uzunki, u boshi bilan bu boshi korinmaydi!
"Boing" osmonga kotarilishi bilan yonimga qoshlari ipdekkina, sochlari tilla
kokildek, oyoqlari uzun-uzun, tizzasidan ikki qarich balandda toxtab qolgan etak
ostidan oppoqqina sonlari korinib turgan xonimcha keldi. Og`izchasi angishvonadek.
Lablari xuddi gilos tishlab turganga oxshaydi. Odamning dilini qitiqlaydigan
mayingina, sirligina tabassum hadya etdi.
-Gud moning, mister! - dedi.
Bir vaqtlar Stalin lagerlarida sargardon bolib yurganimda bir ingliz shpioni ham
bizning barakda yotardi. Shu bilan gaplashib, tilini binoyidek organib olgandim.
O`sha esimga tushib, javob qildim:
-Hello! Okaginang aylansin, hello!
Xonimcha tilini bunchalik bilishimni kutmagan ekanmi, quvonib ketdi. Birpasda
ancha narsalarni gapirib tashladi. "Djus" deydimi-ey, "biir" deydimi-ey! Ayniqsa,
"chiken", "chiken" degan sozni on martacha qaytardi-yov! Sal achchig`im chiqdi.
-Hay, menga qara, - dedim tushuntirib, - nega nuqul "chikka-pukka" deysan?
Nima, sen bilan oshi oynayapmanmi?
Xonimcha zipillab ketayotgan edi, yonimda otirgan boyinboq taqqan, bashang
kiyingan amerikalik yigitcha gapirib qoldi:
- Oshiq oynaymiz. deyotgani yoq. Tovuq keltiraymi, deyapti. Hayratdan
yoqamni ushlab qopman. O`zbekchani suvdek biladigan bu ajnabiy qayoqdan paydo
boldi?
-Menga seni Xudoning ozi yetkazdi, bolam! -dedim sevinib.  o`zbek tilini
qayoqdan organgansan?
- Men ozbekman, Said Ahmad domla! - deydi.
Battar xayron boldim. "Bolmasa nega bunaqa sap-sariqsan, nima balo, onang
zarchavaga boshqoronqi bolganmidi?" degim keldi-yu, xafa qilib qoyishdan
qorqdim.
-Mabodo Nosir Fozilovga qarindoshliging yoqmi, oltindek yaltirab turibsan, -
desam kuladi.
- Men Xayitvoy sariqning nevarasi bolaman, - deydi.
- Ie, Taxtapullik Xayitvoy sariqning nevarasimisan? - dedim. - Buvang raqmatli
kop yaxshi odam edi. Sal tajangligini aytmasa, ja oriyatli edi. Bir gal bedanasi Isroil
kalning bedanasidan yengilib qochganda, jonivorning kallasini shartta uzib
tashlaganini korganman.
Oting nima bolam, Amerikaga nega ketyapsan?
-Otim Xayitboev Said. Kaliforniya universitetida magistraturada oqiyman, -
deydi.
-Bundan chiqdi, adash ekanmiz! - dedim yelkasiga qoqib.
-Sizning hamma kitoblaringizni oqiganman, domla, - dedi adashim.
Shu payt yana osha xonimcha kelib qoldi. Tag`in shirin tabassum bilan "chikin",
deydi.
- Baraka topgur, - dedim ensam qotib, - "chiken-piken"ingni boshimga
uramanmi? Dunyoda tovuqdan ahmoq parranda bolmaydi, odam nuqul tovuq yesa,
aqli suyulib, tovuqmiya bolib qoladi! Menga qora qochqorning dumbasi solingan,
Chonqaraning guruchidan damlangan bir luqmagina palov bersang, kifoya. Ustiga
Uchqorg`onning ot qoqilsa yiqiladigan behisidan yarim pallaginasini bostirib kelsang
ham teshib chiqmaydi. Ertalabdan beri qorinlar piyozning postiga aylanib ketdi-ku!
Adashim gapimni tarjima qildi. Xonimcha tabassum bilan eshitdi. Xayolimga
g`alati oy keldi. Menimcha, bu onasining qornidan tug`ilgandayam "inga-inga" deb
yiglagan emas, iljaygan bolishi kerak.
-No problem! - dedi bosh irg`ab. Keyin yana ancha gaplar aytdi.
-Problema yoq, - dedi Saidboy tarjima qilib. - Janob xoxlasalar Nyu-Yorkdagi
"Buxoro" restoraniga kirib, "xalta palov" yeyishlari mumkin. Biz chiken, bifshteks,
yangi soyilgan chochqa goshtidan pishirilgan xot-dog bilan siylashga tayyormiz.
Afsuski, janob aytgan piyozning posti bizda yoq...
Insof bilan aytganda, bifshteksi mazaligina ekan.
O`zing bilasan, ovqatdan keyin sigaret moydek ketadi! Ayniqsa, ozimizning
"Xon!" quzur qilib ikki-uch tortganimni bilaman, tepamda yana xonimcha paydo
boldi.
Bijir-bijir qilib allanimalarni gapirdi. Nuqul "fifti dollar", deydi. Tilmochga qarab,
nima gap, desam, "ellik dollar ekan", deydi.
Buning odamshinavandaligiga qarang! Izzatimni joyiga qoyib, menga ellik dollar
bermoqchi! O`zbekistondek mo'tabar yurtdan borayotgan aziz mehmonligimni
bilibdi-da!
-Meni sen siylasang, seni payg`ambarlar siylasin, - dedim duo qilib. - Menga
sening puling jayam kerakmas. Amerikaga safarimning borish-kelish pattasini
hukumatning ozi obergan. Xatto "Sherotan" gastinisasining haqini ham oldindan
tolab qoygan. Xudoga shukr, hurmatim bor. Endii-i-i judayam kongling
bolmayotgan bolsa, "ellik dollar, oltmish dollar", deb maydalashib otirmagin-da... -
Shunday deb, buyog`ini tarjimonimdan aniqlashtirib oldim: - "Mingni nima deydi
bular?
-"Tauzen", - dedi Saidboy hozirjavoblik bilan.
-Bira yola tauzen dollar berib qoyaqol, - dedim xonimchaga. - Nevaralarga
padarka-madarka oborarman.
Xonim gapimning tarjimasini eshitdiyu, negadir kozi g`ilay bolib ketdi. Bittasi
menga qaraydi, ikkinchisi adashimga! Haliyam kulib turibdiyu, yig`layotganga
oxshaydi.
-Ellik dollarni u emas, siz berishingiz kerak ekan! - dedi Saidboy. Hayron boldim.
- Nega berarkanman?
- "Pan-Amerikan" kompaniyasining samolyotida chekish mumkin emas, ellik
dollar jarima tolasinlar, deyapti.
Rosmana jaqlim chiqdi.
- Birinchidan, men umrim bino bolib jarima tolagan emasman. Mening
mashinamni korsa, GAI teskari qarab turadi. Biladiki, narushenie qilsam, bir tiyin
ham bermayman. Ikkinchidan, men ozimizning "Xon"ni chekdim. Amerikaniki emas.
Uchinchidan, shu odating bor ekan, nega oldindan aytib qoymading? Shuning uchun
men senga emas, sen menga jarima tola! "Besh yuz" ni nima deydi?
- "Fayf xandrit", - dedi tarjimonim.
- Fayf xandrit dollar, - dedim beshta barmog`imni korsatib. - Bolmasa, kattangni
chaqir!
Zum otmay forma kiygan uchuvchi paydo boldi -Shunaqangi porim, shunaqangi
"akkuratniy"ki, Umarali Normatovga oxshab ketadi. Hozir odob bilan jigarni ezadi,
deb tursam, chest berdi. "Mister" deb gap boshladiyu, birdan chehrasi yorishdi.
- Said Ahmad aka, ozingizmisiz? - deb quchoqlab oldi.
Razm solib qarasam, tanish korinadi.
- Menga qara, chuvalachilik Mirvaqqos qatiqchining og`limisan? - desam,
"qayoqdan bildingiz, "dadam sizni kop gapirardilar, bir maktabda oqigan ekansizlar",
- deydi.
Birpasda apoq-chapoq bop ketdik.
Shu samolyotda ikkinchi uchuvchi ekan. "O`zbekiston havo yollari"
kompaniyasining vakili, obrosi ja baland ekan. Inglizchani "mixlab tashlarkan!"
- Bu ser kimligini bilasanmi?  dedi xonimchaga. - Mister Said Ahmad
ozbekning Mark Tveni boladi. Tushundingmi?
Xonimcha shunaqangi xijolat boldi, shunaqa xijolat boldi! Nuqul "Aym sorri
mister Axmed, aym sorri, pliz!" deydi. (Uzr sorayapti chog`i.)
- Mayli, gunohingdan kechdim, okang aylansin! -dedim rahmim kelib.
- Menga priz bermasang ham xafa bolmayman. Faqat N'yu-Yorkka qonganimizda
tauzent dollar berish esingdan chiqmasin!
Uchuvchi shu samolyotga minishimdan bexabar qolganini, bolmasa
"doppidekkina" osh damlab qoygan bolishini aytdi. Nega bunaqa olis safarga
otlanganimni soradi. "Kelinlar qozg`oloni" Amerikada sahnalashtirilgani, aka buxor
yahudiy qadrdonlarim asar premyerasini kormasam, xafa bolishini aytib, on bir
marta telegramma yuborganini, shu bahona kormagan joylarni kirib, oyog`imiing
chigilini yozish uchun safarga chiqqanimni aytdim. Farmonbibi rolini oynagan
aktrisaga bir jora juhud atlas olib ketayotganimni ham eslatib qoydim. Uchuvchi
menga qilingan boyagi noxush muomalani "dazmollagisi" keldimi, taklif qilib qoldi.
- Samolyotning yuqori qavatida basseyn bor. Yuring, mazza qilib chomilib olasiz.
Hali manzilga yetishimizga sakkiz soat bor, Atlantika ustidan otayotganda ozimiz
ham zerikib ketamiz, - dedi.
Xushlamayroq turganim uchun bahona qildim.
- qoyaqol, ukam, ong oyog`im zirqillab og`rib turibdi.
- Yuravering, basseynning suvi issiq, - deb qoltig`imdan oldi, tarjimon Saidboy
ham ergashdi. Lift g`uvillab tepaga olib chiqdi.
Kichikroq tennis maydonchasidek keladigan qovuzda kom-kok suv mavjlanib
turibdi. Basseyn ortasida ikkita suv parisi suzib yuribdi.
Koshinlangan qirg`oqda tag`in ikkitasi otiribdi. Ikkitasining sochi malla,
ikkitasiniki qop-qora. Rostini aytsam, umrim bino bolib bunaqangi paripaykarlarni
birinchi korishim!
Mening ornimda Chingiz Ahmarov bolsa, bir zumda "Amerika madonnasi"
degan portret chizib tashlagan bolardi. Mikelanjelo tirilib kelsa, shularning haykalini
yasardi. Oq marmardan! Shunaqangi mukammal, shunaqangi "figurniy"ki, Umar
Hayyomning chikkabel kozasi bularning oldida xumdek gap! Yoq, bular odam bolasi
emas, haqiqiy suv parisi! hushyor bolmasang, afsun qilib, suv tagiga tortib ketadi!
Ana, bittasi "kelaver" deb imo qilayapti. Kaftimni peshanamga soyabon qilib tikilib
qarasam, dumi yoq! (Suv parisida dum bolardi, shekilli.) Endi imlaysanmi, noinsof!
Aqalli on-on besh yil avval qayoqda eding?! Basseyn tugul dengizning tubiga ham
birgalashib tushib ketaverardim!
- Yechinadigan xona uyoqda, dushxona buyoqda. Endi, oqsoqol, xizmatchilik,
bizga ruxsat, - dedi uchuvchi.
- Hademay Bermud uchburchagi ustidan otamiz. Shturvalni ozim ushlab
turmasam, anavi amerikalik hamkasblarim qiynalib qolishi mumkin. Nima, siz bilan
menga oxshab har kuni qazi-qarta yeb yuribdimiki, bilagi baquvvat bolsa!
Tarjimonning ikki kozi parilarda. Charviga tikilgan mushuknikiga oxshab yiltirab
turibdi. Taqin menga aql orgatadi.
- Oqsoqol, odatda, basseynga tushishdan oldin dushxonaga kirib, shampunga
obdon chomilish kerak, bolmasa yuz dollar jarima soladi, - deydi. Jinday rashkim
keldi.
- Men bekordan-bekorga chomiladigan anoyilardan emasman, - dedim zarda
bilan.
Shunaqa desam, nima deydi, deign? "o`zingiz ham yaqin besh-olti yildan beri
chomilishga ehtiyoj sezmagan korinasiz", deydi. Buvasi ham shunaqa, tong odam
edi. Ke, shu yosh bola bilan teng kelamanmi, deb lift tomon yurgan edim, ketimdan
ergashdi.
Joyimizga kelib otirishimiz bilan sertabassum xonimcha tag`in tepamizga keldi,
- Kofe? Ti? - dedi qildek qoshini uchirib.
- Janob kofe ichadilarmi, choymi, deb sorayapti, - dedi tarjimonim.
Bilasan, umrimda kok choy ichmaganman. Kok choy ichsam, obroyim tushib,
davleniyam pasayib ketadi. Shunaqa-ku, boya jarima tolaysan, deb tinkamni quritgani
uchun men ham g`ashiga tekkim keldi.
- Menga kofe-mofe sapsem kerakmas. Menga 95 kok choydan bir choynakkina
obkel. Shri-Lankaning choyidan bolsin. Choynakka tushishi bilan shapaloqdek
yoyilib ketadiganidan bolsin, o-key?  dedim qolimni paxsa qilib. Xonimcha
tamanno bilan nari ketdi. Bularning choy zavodi bormi, nima balo! Patnisda yetti xil
kok choy olib kelsa, deng! Kahrabodek achchiq qilib damlangan choydan ikki
xoplam ichganimni bilaman, shilq etib pinakka ketibman. Aytmovdimmi, kok choy
davleniyamni tushirib yuboradi, deb! Sovug`im oshib ketgan-da!
Bir mahal: "Kozingizni oching, oqsoqol, buyog`i yaqin qoldi", degan ovozdan
uyg`ondim. Tepamda chuvalachilik uchuvchi turibdi.
- Nyu-Yorkka yetib keldik, samolyotni ataylab pastlatib uchiraymi, tepadan turib
shaharni bir tomosha qilasizmi? - deydi.
Xayolimga "ariginalniy" fikr keldi.
- Menga qara, ukam, - dedim. - Rostdanam menga xizmat qilging kelayotgan
bolsa, bir ish qilasan.
Samolyotingni "Ozodlik qaykali" atrofida ikki marta aylantirib otasan. Shu
xotinni yaqindan korishni kopdan beri orzu qilib yurardim.
- No problem, oqsoqol! - Uchuvchi shunday deb chest berdi-da, kabina tomon
yugurib ketdi.
Zum otmay uzoqdan haykal korindi. Boshida chambarak. Qolida mash'ala.
Samolyot shunaqangi yaqin bordiki, qanoti haykalning qoliga tegib ketay dedi.
Shunda g`alati ish boldi. Boyagi xotin ong qolidagi mash'alani olib, chap qoltiqiga
qistirdi. Keyin ong qolini Kapitoliy qubbasidek boliqqina chap koksi ustiga qoyib,
ta'zim bajo qildi.
- Assalomu alaykum, qadrli Said Ahmad aka! Bizning yurtimizga xush kelibsiz! -
dedi tantanavor ohangda. - Sizning kelishingizni intizorlik bilan kutayotgan edim.
"Kelinlar qozg`oloni" komediyasi "Tiklanish" teatrida namoyish qilinadi!" degan
reklamani boshim atrofidan ikki yuz marta aylantirdim! - Shunday dedi-da, egilibegilib
tag`in uch marta ta'zim qildi. O`ziyam chimildiqdan yangi chiqib, qaynotasiga
salom qilayotgan kelinchakka oxshab ketdi.
- Vaaleykum assalom, qizim! - Shundoq dedim-da, samolyot derazasidan boshimni
chiqarib, peshanasidan opib oldim. (Peshanasi muzdekkina ekaniga parvo ham
qilmadim.) - Umringdan baraka top! Baxtli-saodatli bol! - dedim. "qoshganing bilan
qosha qarigin", - degim keldiyu, bu atrofda boshqa haykal yoqligi esimga tushib,
uyoqini aytmay qoyaqoldim. Shu payt kerosin oxirlab qoldimi, samolyot pastlay
boshladi...
...Ie, shoshmay tur, bolam, bog` eshigi ochildi, shekilli. Ana, oq "Neksiya" kirib
kelyapti. Kim boldi bu? Mashinaning chap eshigidan GAIning tayoqiga oxshagan
burun chiqib turibdi. Ie, Anvar Obidjon-ku! Ja yaxshi koraman-da, shu bolamni!
Oltiariqning "badring"idan bir qopgina oboraman, degandi. Shuni olib kelayapti
chog`i... qolganini keyin eshitarsan. Badringni vaqtida marinovka qilib qoymasak,
solib qoladi...
Muallif izohi. Hikoyani ustoz qanday aytgan bolsa, shundayligicha qog`ozga
tushirdim. Senkyu veri-mach! Gud bay!

O`tkir Hoshimov So`qqabosh bevagina kitobidan olindi

Telegram.me/KitobL uchun